TG Telegram Group Link
Channel: tashpmi_press | rasmiy
Back to Bottom
⚡️TOSHPTI “MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASIDA FAOL ISHTIROK ETMOQDA

2024-yil 2-may kuni poytaxtimizning Yangihayot tumanida joylashgan 330-sonli umumta’lim maktabida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan hamkorlikda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining O'zbek tili va adabiyoti, rus va lotin tillari kafedrasi mudiri, bolalar shoirasi, publitsist, dramaturg, kinossenarist, tarjimon Kavsar Turdiyeva ishtirokida “Ma’rifat ulashib” loyihasi tashkil etildi.

Adabiy-ma'rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega loyiha avvalida maktab hududiga yaxshi niyatlar bilan manzarali ko‘chatlar ekildi.

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish asnosida, o‘quvchi-yoshlar bilan muloqotlar olib bordi.

Loyiha davomida Kavsar Turdiyeva qalamiga mansub bo‘lgan o‘zaro do‘stlik, birodarlik, vatanparvarlik, kattalarga hurmat tuyg‘ularini tarannum etuvchi she’rlar, multfilmlar, badiiy va nazmiy adabiyotlar yuzasidan o‘quvchilarga qiziqarli ma’lumotlar berildi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
⚡️TOSHPTI “MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASIDA FAOL ISHTIROK ETMOQDA

2024
-yil 2-may kuni poytaxtimizning Yangihayot tumanida joylashgan 329-sonli umumta’lim maktabida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan hamkorlikda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining O'zbek tili va adabiyoti, rus va lotin tillari kafedrasi mudiri, bolalar shoirasi, publitsist, dramaturg, kinossenarist, tarjimon Kavsar Turdiyeva ishtirokida “Ma’rifat ulashib” loyihasi tashkil etildi.

Adabiy ruhda o‘tgan loyiha mobaynida maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish asnosida, o‘quvchi-yoshlar bilan muloqotlar olib bordi.

Ma’lumot o‘rnida, Kavsar Turdiyevaning yozgan ssenariylari asosida “Zumrad va Qimmat”, “Susambil”, “Irkitvoy va Kirketjon”, “Sumalak va ming tilak” kabi bir qator multfilmlari suratga olingan. 300 dan ortiq qoʻshiqlar matni muallifi. Uning sheʼrlari asosida yozilgan qoʻshiqlar katta ommaviy tadbirlarda va tantanalarda ijro etilgan.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
ILMIY LOYIHALAR UCHUN "O’ZBEKISTON–XITOY" XALQARO QO’SHMA TANLOVI E’LON QILINADI

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innvatsion rivojlanish agentiligi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni qabul qilish uchun “Oʻzbekiston-Xitoy” xalqaro qoʻshma tanlovi 87-turi eʼlon qilinadi.

Mazkur tanlov ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablarga muvofiq oʻtkaziladi hamda quyidagi fan yoʻnalishlari boʻyicha eʼlon qilinadi:
1. Hujayra va molekulyar biotexnologiya (Biologiya va biotexnologiya fanlari);
2. Tibbiy-genetik va ekofiziologik tadqiqotlar (Tibbiyot fanlari);
3. Energiyatejamkor avtomatlashtirilgan tizimlar (Texnika fanlari);
4. Materialshunoslik va qurilish materiallari (Arxitektura, qurilish, dizayn va shaharsozlik fanlari, Texnika fanlari);
5. Oziq-ovqat mahsulotlari va texnologiyalari (Kimyoviy texnologiya va nanotexnologiya fanlari);
6. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (Texnika fanlari);
7. Astronomiya (Matematika, fizika va mexanika fanlari);
8. Geologiya (Yer toʻgʻrisidagi fanlar);
9. Yangi dori vositalari va ularning taʼsir mexanizmlarini oʻrganish (Farmakologiya va farmatsevtika fanlari);
10. Qishloq xoʻjaligi (Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari, Kimyo fanlari).

Loyiha taqdim qilinganda loyiha rahbari oʻz loyihasi tadqiqot yoʻnalishidan kelib chiqib vazirlik huzuridagi Ilmiy-texnik kengash yoʻnalishiga tanlashi va shu yoʻnalish boʻyicha taqdim qilishi lozim.

Tanlovda ishtirok etish istagidagini bildirgan ilmiy jamoa Xitoy tomonidan loyihani amalga oshirish boʻyicha hamkor topishlari va ikki tomonda eʼlon qilingan tanlov shartlari boʻyicha bir xil mavzuga mos loyihalarni taqdim qilishlari lozim.

Tanlovning barcha bosqichlarida ikki tomondan ham ijobiy natijaga ega loyihalargina keyingi bosqichga oʻtkaziladi.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar www.grant.mininnovation.uz – davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali 2024-yilning 1-iyunga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
ILMIY LOYIHALAR UCHUN "O’ZBEKISTON–BELARUS" XALQARO QO’SHMA TANLOVI E’LON QILINADI

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innvatsion rivojlanish agentiligi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan fundamental loyihalarni qabul qilish uchun “Oʻzbekiston-Belarus” xalqaro qoʻshma tanlovi 88-turi eʼlon qilinadi.

Mazkur tanlov ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablarga muvofiq oʻtkaziladi hamda quyidagi fan yoʻnalishlari boʻyicha eʼlon qilinadi:
1. Fizika, matematika va informatika (Matematika, fizika, mexanika fanlari, Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish)
2. Texnika fanlari (Texnika fanlari);
3. Kimyo va yer haqidagi fanlar (Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar fanlari, Yer toʻgʻrisidagi fanlar);
4. Tibbiyot va farmatsevtika fanlari (Tibbiyot fanlari, Farmakologiya va farmatsevtika fanlari);
5. Qishloq xoʻjaligi va biologiya fanlari (Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari);
6. Biotexnologiya (Biologiya va biotexnologiya fanlari);
7. Ijtimoiy va gumanitar fanlar (Filologiya va ijtimoiy fanlar, Iqtisodiyot fanlari, Huquq fanlari, Tarix va arxeologiya fanlari, Pedagogika va psixologiya fanlari).

Loyiha taqdim qilinganda loyiha rahbari oʻz loyihasi tadqiqot yoʻnalishidan kelib chiqib vazirlik huzuridagi Ilmiy-texnik kengash yoʻnalishiga tanlashi va shu yoʻnalish boʻyicha taqdim qilishi lozim.

Tanlovda ishtirok etish istagidagini bildirgan ilmiy jamoa Belarus tomonidan loyihani amalga oshirish boʻyicha hamkor topishlari va ikki tomonda eʼlon qilingan tanlov shartlari boʻyicha bir xil mavzuga mos loyihalarni taqdim qilishlari lozim.

Tanlovning barcha bosqichlarida ikki tomondan ham ijobiy natijaga ega loyihalargina keyingi bosqichga oʻtkaziladi (tanlovga bajarilishi ikki yilga moʻljallangan fundamental loyihalar qabul qilinadi. Bajarilishi ikki yildan ortiq muddatlarga moʻljallangan ilmiy loyihalar dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkazilmaydi va koʻrib chiqilmaydi).

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar www.grant.mininnovation.uz – davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali 2024-yilning 13-iyunga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
Бироздан сўнг Халқаро конгресс марказида Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида учинчи Тошкент халқаро инвестиция форуми бошланади.

Давлатимиз раҳбарининг форум ялпи мажлисидаги нутқини Президент Матбуот хизматининг Facebook ва YouTube даги расмий саҳифаларида жонли эфирда томоша қилинг.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
Forwarded from OVOZA | Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌍🪐💫⭐️ 12:30
“Ma’rifat ulashib” loyihasi “zakovat” va osh chempionatiga ulanib ketdi

2.05.2024
#Toshkent_shahri
Muxbir: Ozoda Fayzullayeva

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: ⬇️
🌐 TELEGRAM | 🌐 INSTAGRAM
🌐 FACEBOOK | ▶️ YOU TUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahalla_yangiliklari

Shoir va adiblar kitobxonlar bilan uchrashdi.

🗓 01.05.2024

@mahalla_yangiliklari_tv

📺 Bizning mahalla:
Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Uztv.tv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from PhD sari qadam loyihasi
“Ilm-fan oromgohi” uchun qabul boshlandi!

👥“Ilm-fan oromgohi” loyihasining maqsadi - tibbiyot soha yo’nalishida faoliyat olib borayotgan tadqiqotchi yosh ayol-qizlarning ilmiy salohiyatini oshirish, iqtidorli tadqiqotchi qizlarni izlab topish hamda rag‘batlantirish.

📍Loyiha: Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumani, “Yoshlar‘” oromgohida 27-may - 2-iyun kunlari tashkil etiladi.

🔗Ishtirok etish uchun quyidagi havolani to’ldiring: google_havola

Deadline: 24.05.2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HTML Embed Code:
2024/05/03 04:01:21
Back to Top